Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida Amiti Universiteti tashkil etiladi
Foto: Flickr
Axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar sohasida Toshkent shahrida Amiti Universiteti (Hindiston) tashkil qilinadi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi tayyorlanadi. Loyihada:
axborot texnologiyalari, sun'iy intellekt va menejment yo‘nalishlari bo‘yicha Universitet faoliyatini 2019/2020 o‘quv yilidan boshlash;
Universitet o‘quv binosini jihozlash va rekonstruksiya qilish, uning auditoriya va laboratoriyalarini xalqaro standartlar asosida zamonaviy uskuna va texnika bilan jihozlash;
xalqaro standartlarga muvofiq o‘quv reja va dasturlarini joriy qilish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 avgust, ijro uchun mas'ullar - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi.
Mavzuga oid
10:06 / 18.02.2026
Toshkentda qalbaki dori va biologik qo‘shimcha ishlab chiqargan sex aniqlandi
23:07 / 17.02.2026
Toshkentda farzandini 7-qavatdan chiqargan ayolning ruhiy holati tekshiriladi
20:20 / 17.02.2026
Toshkentda yuz bergan yong‘inda ayol va ikki bola halok bo‘ldi
11:56 / 17.02.2026