Bahodir Jalolov - ikki karra Olimpiada chempioni
Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston boks jamoasi 5 ta oltin medal qo‘lga kiritib, ushbu sport turida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Bellashuvlarni yakunlab bergan +92 kg vaznda Bahodir Jalolov ispaniyalik Ayub Gadfani ikki bor nokdaunga tushirdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, ikki karra Olimpiada chempioniga aylandi. Surxondaryolik bokschi Tokio-2020da ham tengsiz bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq -51 kg vaznda Hasanboy Do‘smatov va taekvondoda -68 kg vaznda Ulug‘bek Rashitov ham ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritishgandi.
Shu tariqa Parij Olimpiadasi yakuniga bir kun qolganida, O‘zbekiston medallarini 13 taga (8 oltin, 2 kumush va 3 bronza) yetkazib, 13-o‘ringa chiqib oldi.
Mavzuga oid
03:07 / 11.08.2024
Bahodir Jalolov havaskordan professional boksga o‘tganini e’lon qildi
11:15 / 08.08.2024
Parij sarguzashtlari - futbolchilar nimadan norozi bo‘ldi?
02:39 / 08.08.2024
Parij-2024. Bahodir Jalolov qatorasiga ikkinchi Olimpiadada finalga chiqdi
21:15 / 02.08.2024