Sport | 02:17 / 11.08.2024
17465
1 daqiqa o‘qiladi

Bahodir Jalolov - ikki karra Olimpiada chempioni

Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston boks jamoasi 5 ta oltin medal qo‘lga kiritib, ushbu sport turida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. 

Bellashuvlarni yakunlab bergan +92 kg vaznda Bahodir Jalolov ispaniyalik Ayub Gadfani ikki bor nokdaunga tushirdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, ikki karra Olimpiada chempioniga aylandi. Surxondaryolik bokschi Tokio-2020da ham tengsiz bo‘lgandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq -51 kg vaznda Hasanboy Do‘smatov va taekvondoda -68 kg vaznda Ulug‘bek Rashitov ham ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritishgandi. 

Shu tariqa Parij Olimpiadasi yakuniga bir kun qolganida, O‘zbekiston medallarini 13 taga (8 oltin, 2 kumush va 3 bronza) yetkazib, 13-o‘ringa chiqib oldi.

Mavzuga oid