Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ Rossiyadan Vrangel orolini tortib olishga chaqirdi
The Wall Street Journal AQSh hukumatini Rossiyadan Vrangel orolini tortib olishga chaqirdi.
Foto: Boris Solovev
AQSh hukumati Shimoliy Muz okeanida Sharqiy Sibir va Chukotka dengizlari oralig‘ida joylashgan Vrangel orolini Rossiyadan olib qo‘yishi kerak. Shunday chaqiriq bilan Amerikaning The Wall Street Journal nashri murojaat qildi.
«Moskvadan sharqda, sakkiz soatlik vaqt zonasida joylashgan va yer yuzidagi eng buyuk tabiiy mo‘jizalarga ega orol Qo‘shma Shtatlarga tegishli. Rossiya AQSh hududini 1924 yildan beri o‘z qo‘l ostida ushlab turibdi», — deyiladi maqolada.
Maqolada ta’kidlanishicha, orolda «Amerika suvereniteti»ga tahdid solishi mumkin bo‘lgan Rossiya harbiy bazasi joylashgan.
WSJ ta’kidlaganidek, AQSh Harbiy-havo kuchlari yaqinda Alyaska chegaralariga tahdid solayotgan Rossiya bombardimonchi samolyotlarini aniqlagan edi. Maqola muallifiga ko‘ra, Rossiya harbiy samolyotlarining ushbu hududda paydo bo‘lishi kuchlar proyeksiyasining bir qismi sifatida sodir bo‘lgan va Vrangel oroli bunda strategik rol o‘ynaydi.
Vrangel oroli XIX asrda yashagan rus dengizchisi va davlat arbobi Ferdinand Vrangel sharafiga nomlangan. 1924 yilda u yerga «Qizil oktabr» kemasi yuborildi va uning ekipaji orolda sovet bayrog‘ini ko‘targan edi.
Mavzuga oid
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026
Ishinger: Rossiya yevropaliklar bilan emas, AQSh bilan muzokaraga qiziqyapti
14:26 / 10.01.2026
AQSh Rossiyaning “soya floti”ga tegishli beshinchi tankerni qo‘lga oldi
09:04 / 10.01.2026