Rodrigesning bayonotiga köra, Venesuela va AQŞ hukumatlari “ikkala mamlakatdagi diplomatik missiyalar faoliyatini qayta yölga qöyiş maqsadida, sinov tariqasidagi diplomatik jarayonlarni boşlaş”ga qaror qilgan.
AQŞ Davlat departamentining tasdiqlaşiça, Amerika diplomatlari 9 yanvar kuni elçixona faoliyatini tiklaş “ehtimoliga baho beriş uçun” Venesuela poytaxti Karakasga borgan.
New York Times'ning yozişiça, ikki tomon ham dastlabki qadamlar “tajriba-sinov tariqasida” ekanini aytmoqda. Ayni paytda munosabatlar kun sayin özgarişga uçrayapti.
Delsi Rodrigesga köra, diplomatik aloqalarni tiklaş imkoniyatini örganişdan maqsad – “agressiya va respublika prezidenti hamda birinçi xonimining öğirlab ketilişi bilan boğliq oqibatlarni körib çiqiş, şu bilan birga, özaro manfaatli kun tartibini ilgari suriş”dan iborat.
AQŞ prezidenti Donald Tramp esa juma kuni Amerika neft kompaniyalari rahbarlarini Oq uyga yiğib, ulardan Venesueladagi neft konlariga investitsiya kiritişni söradi.













