Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya juma kuni, 9 yanvarda, Eronda 13-kun davom etayotgan ommaviy namoyişlar fonida Eron rahbariyatini zöravonlik qöllaşdan voz keçişga qat’iy çaqirdi. Germaniya federal kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmerning qöşma bayonotida: “Biz Eron xavfsizlik kuçlari tomonidan zöravonlik qöllanayotgani haqidagi xabarlardan çuqur xavotirdamiz va namoyişçilarning öldirilişini eng qat’iy tarzda qoralaymiz”, — deyiladi.

Yevropa yetakçilari Eron hokimiyatini özini tiyişga va mamlakat fuqarolarining asosiy huquqlariga rioya qilişga çaqirdi.

“Yevrouçlik”ning qöşma bayonotiga javoban Eronning Berlindagi diplomatik missiyasi Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniyani “Eronning içki işlariga yovuz aralaşuv”da aybladi — ularning maqsadi “zöravonlikni qözğatiş” ekani aytildi. “Eron xalqiga qarşi uzoq vaqtdan beri noqonuniy iqtisodiy uruş olib borayotganlar uning oqibatlari uçun javob berişi kerak”, — deya bildirdi ular. Bu sözlar bilan xalqaro sanksiyalar nazarda tutilgani işora qilindi.

Namoyişlar boşlanganidan beri, Norvegiyadagi Iran Human Righs (IHR) taşkilotining sönggi ma’lumotlariga köra, 51 nafar namoyişçi öldirilgan. Xavfsizlik kuçlari bilan töqnaşuvlarda yuzlab namoyişçilar yaralangan.

Taşkilot, şuningdek, hozirça joriy raqamlarga kiritilmagan bölsa-da, Tehron, Maşhad va Hamadonda önlab namoyişçilar halok bölgani haqidagi xabarlarni ham tekşirmoqda. “Internet öçirilgandan keyin zöravonlik eskalatsiyasi va namoyişçilarning ommaviy öldirilişi xavfi nihoyatda jiddiy”, — deya ogohlantirdi IHR direktori Mahmud Amiriy-Muğaddam.

Eronning oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy ommaviy namoyişlarni keskin qoraladi. 9 yanvar kuni u namoyiş iştirokçilarini “iğvogarlar” va “mamlakatga zarar yetkazayotgan” odamlar deb atadi. “Vayron qiliş — ayrim şaxslarning işi”, — dedi Xomanaiy. Uning qöşimça qilişiça, ular bunday buzğunçilikni “faqat AQŞ prezidenti xursand bölişi uçun” qilmoqda, bunda u Donald Trampni nazarda tutgan.

Eronning BMTdagi elçisi Amir Said Iravaniy ham Reuters agentligiga köra, Vaşington va Isroil hukumatini “beqarorlaştiruvçi harakatlar”da va “tinç namoyişlarni zöravon vandalizm aktlariga aylantiriş”da ayblagan.

AQŞ prezidenti Donald Tramp, öz navbatida, Eron “katta muammoga duç kelgani”ni aytib, yana harbiy aralaşuv haqida ogohlantirdi. “Agar ular avvalgidek odamlarni öldira boşlasa, biz aralaşamiz. Bu yerda qöşinlar quruqlikka tuşadi degani emas, ammo bu — biz ularga eng oğriqli joyidan juda qattiq zarba beramiz degani”, — deya AFP agentligi Oq uy rahbaridan iqtibos keltiradi.