Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek milliy musiqa san'ati institutining asosiy vazifalari belgilanadi
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti faoliyati tashkil etiladi.
Prezidentning “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘zbek maqom san'ati fakulteti hamda O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining tegishli ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari negizida maqom ijrochiligi, xalq musiqasi yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta'lim muassasasi shaklida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti tashkil etiladi.
Quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
O‘zbekistonda maqom, xalq musiqasi, baxshichilik va katta ashula ijrochiligini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar va an'analarni, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini chuqur ilmiy asosda o‘rganish va qayta tiklash;
mumtoz musiqa merosimiz namunalarini notaga olish, mavjud yozuvlarni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish, maqom san'atining ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini yurtimiz olimlari va chet ellik mutaxassislar ishtirokida chuqur o‘rganish;
o‘zbek milliy musiqa san'ati yo‘nalishida kadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning yetuk va malakali mutaxassislarini jalb etish orqali ilm-fan va ta'limning o‘zaro integratsiyasini ta'minlash;
o‘zbek milliy musiqa san'ati bo‘yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni yaratish va nashr qilish;
o‘zbek milliy musiqa san'ati bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va targ‘ib qilish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-ijodiy faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni milliy musiqa san'ati bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish.
Quyidagilar:
2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotasi tegishli yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti uchun ajratilgan kvotalar doirasida belgilanadi;
2020/2021 o‘quv yili uchun qabul jarayoni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida amalga oshiriladi;
2021/2022 o‘quv yilidan institutga qabul har yili belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik shox ko‘chasi, 31-uyda joylashgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tegishli bo‘lgan binoni o‘rnatilgan tartibda Institutga berilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
11:59 / 17.12.2025
Dala chetlaridan foydalangan fermerlarga soliq imtiyozlari beriladi
14:39 / 22.10.2025
Atom stansiyalarida xavfsizlik madaniyati uch darajali model orqali joriy etiladi
07:27 / 29.07.2025
Elektromobillardan foydalanishni ommalashtirish to‘g‘risidagi qarorga qo‘shimcha kiritiladi
09:47 / 15.07.2025