O‘zbekiston | 23:41 / 19.09.2020
22916
2 daqiqa o‘qiladi

«Straus House»dan jabrlanganlarning pullarini qaytarish boshlanmoqda

«Straus House» MChJdan jabr ko‘rgan fuqarolarga yetkazilgan zararni ularning nomiga ochilgan (ochiladigan) hisob-raqamlariga o‘tkazish bo‘yicha MIBning hududiy ishchi guruhlari tashkil etilgan.

Foto: KUN.UZ

MIB axborot xizmatining xabar berishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining hukmi bilan «Straus House» MChJ mansabdor shaxslari I.Isroilov va boshqalarning harakatlari oqibatida jabrlanuvchi deb topilgan 347 nafar fuqaroga 7 mlrd 100 mln so‘mdan ortiq moddiy zararni undirib berish yuzasidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda «Straus House» MChJdan jabr ko‘rgan fuqarolarga yetkazilgan zararni ularning nomiga ochilgan (ochiladigan) hisob-raqamlariga o‘tkazish bo‘yicha MIBning hududiy ishchi guruhlari tashkil etilgan.

Jabrlangan fuqarolar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolik pasporti) hamda plastik kartochkalari bilan 21 sentyabrdan boshlab soat 9-00 dan 18-00 ga qadar quyidagi manzillarga murojaat qilishlari so‘ralgan:

Eslatib o‘tamiz, 28 iyul kuni «Straus House» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarayoni nihoyasiga yetgandi.

Sud hukmi bilan jamiyat ta'sischisi I. Isroilov va uning jinoiy sheriklari JKning tegishli moddalari bilan turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi.

Mavzuga oid