MIB axborot xizmatining xabar berişiça, Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudining hukmi bilan «Straus House» MÇJ mansabdor şaxslari I.Isroilov va boşqalarning harakatlari oqibatida jabrlanuvçi deb topilgan 347 nafar fuqaroga 7 mlrd 100 mln sömdan ortiq moddiy zararni undirib beriş yuzasidan ijro işi qözğatilgan.

Hozirda «Straus House» MÇJdan jabr körgan fuqarolarga yetkazilgan zararni ularning nomiga oçilgan (oçiladigan) hisob-raqamlariga ötkaziş böyiça MIBning hududiy işçi guruhlari taşkil etilgan.

Jabrlangan fuqarolar şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar (fuqarolik pasporti) hamda plastik kartoçkalari bilan 21 sentyabrdan boşlab soat 9-00 dan 18-00 ga qadar quyidagi manzillarga murojaat qilişlari söralgan:

Eslatib ötamiz, 28 iyul kuni «Straus House» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan sud jarayoni nihoyasiga yetgandi.

Sud hukmi bilan jamiyat ta'sisçisi I. Isroilov va uning jinoiy şeriklari JKning tegişli moddalari bilan turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi.