O‘zbekiston | 21:18 / 29.02.2020
33631
1 daqiqa o‘qiladi

Qorako‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 29 fevral kuni Qorako‘l tumani faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov, O‘zbekiston Prezidentining davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev ham ishtirok etgan.

Foto: Qorako‘l tuman hokimligi

Qorako‘l tuman hokimligining axborot xizmati tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, yig‘ilish davomida Buxoro viloyat hokimi Karim Kamolov chiqish qilib, tuman hokimi Husniddin G‘oyirovning o‘z arizasiga asosan Qorako‘l tumani hokimi lavozimidan ozod qilinganligi to‘g‘risida qarorni o‘qib eshittirgan.

Buxoro viloyat hokimining qaroriga asosan, shu kungacha Olot tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Sherali Salomov Qorako‘l tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Sherali Salomov / Foto: Qorako‘l tuman hokimligi

So‘zga chiqqan Qahramon Quronboyev oxirgi yillarda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish odimlariga to‘xtalib, tumanning sobiq hokimi Sherali Salomovning faoliyatiga omadlar tilagan. 

Mavzuga oid