Qoraköl tuman hokimligining axborot xizmati tomonidan berilgan xabarga köra, yiğiliş davomida Buxoro viloyat hokimi Karim Kamolov çiqiş qilib, tuman hokimi Husniddin Ğoyirovning öz arizasiga asosan Qoraköl tumani hokimi lavozimidan ozod qilinganligi töğrisida qarorni öqib eşittirgan.
Buxoro viloyat hokimining qaroriga asosan, şu kungaça Olot tuman hokimi vazifasida işlab kelayotgan Şerali Salomov Qoraköl tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan.

Sözga çiqqan Qahramon Quronboyev oxirgi yillarda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş odimlariga töxtalib, tumanning sobiq hokimi Şerali Salomovning faoliyatiga omadlar tilagan.








