Unga köra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yönalişlari böyiça ta’lim beriş va IT-xizmatlar eksportiga ixtisoslaştirilgan Qoraköl IT-klasteri taşkil etiladi. 

Klaster doirasida quyidagilar faoliyatini yölga qöyiladi:

- zamonaviy infratuzilma, laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot markazlariga ega universitet;

- masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi;

- ilmiy-tadqiqot markazlari, öquv laboratoriyalari va startap loyihalarni rivojlantiriş inkubatsiya markazi. 

Buning uçun: 

1-bosqiçda 2023 yil 31 dekabrgaça ma’muriy bino, öquv laboratoriyasi va 5 600 öringa möljallangan öquv binolari quriladi;

2-bosqiçda 2024 yil 1 sentabrgaça 1 300 öringa möljallangan talabalar turar joyi, 15 öringa möljallangan mehmonxona, 100 öringa möljallangan inkubatsiya markazi, 200 öringa möljallangan masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi, oşxona, oçiq va yopiq turdagi sport inşootlari quriladi.