O‘zbekiston | 19:31 / 09.10.2021
14524
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand xalqaro aeroporti vaqtinchalik yopiladi

Foto: Air Marakanda

Samarqand shahridagi aeroport 1 oy muddatga yopiladi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand xalqaro aeroporti 2021 yil 20 oktyabrdan 20 noyabrgacha yangi aerodrom majmuasini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan vaqtincha yopiladi.

Qayd etilishicha, Samarqand xalqaro aeroportiga keladigan aviaqatnovlar Navoiy, Buxoro, Qarshi xalqaro aeroportlariga yo‘naltiriladi. Yo‘lovchilar ushbu shaharlardan Samarqandga boshqa transport vositalarida yetkazib qo‘yiladi.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda Samarqand xalqaro aeroportida uzunligi 3 105 metr va kengligi 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagining qurilishi to‘liq yakunlangan. Bir oy ichida harakatlanish yo‘llarini yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi va perron bilan bog‘lash bo‘yicha ishlar bajariladi.

Avvalroq Samarqand xalqaro aeroporti yangi terminal ishga tushgach, yiliga 1,5 million yo‘lovchiga xizmat qilish imkoniga ega bo‘lishi xabar qilingandi.

Yaqinda Andijon xalqaro aeroporti direktori bo‘lib ishlagan Saydullo To‘xtasinov Samarqand xalqaro aeroportiga direktor etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilangan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid