Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Spark haydovchisi ikki piyodani urib yubordi
YTH oqibatida piyodalar tan jarohat olib, shifoxonaga murojaat qilishgan.
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Spark mashinasi piyodalarni urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, YTH 4 iyul kuni soat 22:30larda Yunusobod tumani Yuqori Qoraqamish ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi B.X. Spark mashinasini boshqarib ketayotib, ikki piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida piyodalar tan jarohat olib, shifoxonaga murojaat qilishgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani hamda qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.
Avvalroq Toshkentda yuk mashinasi bog‘cha bolasini urib yuborgan va buning oqibatida 3 yoshli bola olgan tan jarohatlari sabab vafot etgandi.
Mavzuga oid
14:30 / 23.12.2025
Toshkentda avtobus yo‘nalishlaridan birining qatnovi qisqartiriladi
15:38 / 22.12.2025
Farg‘onada ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
12:12 / 21.12.2025
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi
14:23 / 20.12.2025