KUN.UZ dayjesti: 28 noyabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar
Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 28 noyabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.
Qozog‘istondan Putinning egizagi topildi>>
Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning egizagi topildi.
Xitoyda sodir bo‘lgan YTH videotasvirlari internet ahlining diqqatini o‘ziga qaratdi>>
Xitoyda sodir bo‘lgan g‘ayritabiiy YTH aks etgan videolavha internetda minglab foydalanuvchi tomonidan tomosha qilindi. Kuzatuv kameralarining qaydlarida aks etishicha, chorrahaga yaqinlashayotgan bir nechta mashina osmonga uchib ketgan.
Qozog‘istonda yosh kelin-kuyov to‘y o‘rniga yetim bolalarning qornini to‘ydirishdi>>
Janubiy Qozog‘iston viloyatida Meyirman va Saniya ismli kuyov va kelin o‘z to‘ylarini boshqacharoq usulda nishonlashdi: ular restoranda emas, bolalar uyida dasturxon yozdi.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Java2Andorid» seminar-treningi bo‘lib o‘tdi>>
2015 yil 24-27 noyabr kunlarida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining iqtidorli talabalari uchun Android ilovalarni yaratish va Java dasturlash tilini mukammal o‘rgatish maqsadida “Java2Android” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Jastin Tryudo Yelizaveta II ga keksayganini eslatdi>>
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ni o‘zini keksa his etishga majbur qildi.
OAV: saratovlik o‘quvchilar Su-24 samolyoti uchun pul yig‘ishmoqchi>>
Rossiyaning Saratov viloyati o‘quvchilari Su-24 samolyotini qurish uchun pul yig‘ish tashabbusi bilan chiqdilar.
Toshkentda jamoat transporti harakatini onlayn ko‘rsatib turuvchi VIA.UZ mobil ilovasi ishlab chiqildi>>
«VIA-TASHKENT» korxonasi tamonidan Toshkent shahri jamoat transporti yo‘lovchilari uchun avtobuslarning bekatlarga keshishini onlayn tarzda ko‘rsatib turuvchi maxsus informatsion VIA.UZ mobil ilovasi ishga tushirildi.
Google Glass monokl shaklini oladi>>
AQShning patent va tovar belgilari bo‘yicha tashkiloti Google kompaniyasi bergan yangi arizani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Endi Google’ning “aqlli” ko‘zoynaklari monokl shaklida bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
Yangi “inomarka”lar savdosi 2 barobardan ko‘proqqa kamayib ketdi
Iqtisodiyot | 10:04 / 23.03.2025
Yana uchta muhim o‘yin. O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
Sport | 17:29 / 22.03.2025
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh va Ukraina Ar-Riyozda yuk tashish xavfsizligi masalalarini muhokama qildi
Jahon | 19:03
-
Toshkentda antifriz ichgan ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi
Jamiyat | 18:21
-
Farg‘onada maishiy chiqindi xizmati narxlari o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 18:18
-
Britaniyada 50 mingga yaqin davlat xizmatchisi qisqartirilishi mumkin
Jahon | 18:16