Kir Starmer boşçiligidagi Buyuk Britaniya hukumati xarajatlarni optimallaştiriş doirasida 50 ming nafargaça davlat xizmatçisiini qisqartirişi mumkin, deb yozadi The Times.

Oldinroq Reyçel Rivz rahbarligi ostida faoliyat yuritayotgan Moliya vazirligi budjet xarajatlarini 15 foizga qisqartiriş doirasida 10 mingga yaqin amaldor işdan böşatilişi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Ammo The Times hisob-kitoblariga köra, 26 mart kuni moliya vaziri parlamentda budjet bayonoti bilan çiqiş qilganida, avval rejalaştirilganidan beş baravar köp davlat xizmatçisini qisqartiriş rejasini e’lon qilişi mumkin. Byurokratik xarajatlarni optimallaştiriş dasturi 2030 yilgaça möljallangan.

Britaniya OAVga köra, 50 ming davlat xizmatçisining qisqarişi xodimlarning umumiy soni pandemiyadan oldingi darajaga qaytişini anglatadi. Ma’lum qilinişiça, oxirgi beş yilda mamlakatda davlat xizmatçilari soni qariyb yarim million kişiga oşgan.

Har yili Britaniya budjetidan hukumatning ma’muriy xarajatlariga taxminan 13 milliard funt sarflanadi, mablağlarning 75 foizdan ortiği bevosita xodimlar va ular bilan boğliy xarajatlarga yönaltiriladi.

Avvalroq AQŞ federal xarajatlarini qisqartiriş maqsadida taşkil etilgan Hukumat samaradorligi departamenti öz oldiga qöyilgan vazifani uddalay olmayotgani töğrisida xabar berilgandi. Ma’lumotlarga köra, AQŞ federal budjetining xarajatlari fevral oyida 603 milliard dollarga oşgan.