O‘zbekiston | 19:45 / 06.12.2025
5076
1 daqiqa o‘qiladi

Vodiyda yana yer qimirladi

O‘zbekistonda so‘nggi bir sutka ichida ikkinchi zilzila kuzatildi. Uning ham episentri – Namangan viloyatining Pop tumani.

Foto: Kun.uz

FVV xabariga ko‘ra, 6 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:18 da episentri Pop tumanida bo‘lgan zilzila qayd etilgan.

Zilzila kuchi Pop tumanida 2-3 ball (15 km), Dang‘ara tumanida 2 ballga (27 km) teng bo‘ldi.

Silkinish magnitudasi – 3,4. Chuqurligi – 11 km.

Episentr Toshkentdan 133 km janubi-sharqda joylashgan. Koordinatalari: 40,88 N, 70,72 E

Birinchi zilzila

Qayd etish kerak, 6 dekabrga o‘tar kechasi soat 2:04 da ham o‘chog‘i Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan zilzila ro‘y bergan edi. Uning episentrdagi sezilish kuchi: 5 ball, magnituda 4,5, chuqurlik 17 km bo‘lgan. Episentrdan Toshkent shahrigacha masofa 135 kilometrni tashkil etgan.

Tundagi silkinish, ikkinchisidan farqli ravishda, vodiydan tashqariga ham yoyilgan edi: Namanganda 3 ball, Farg‘onada 2-3 ball, Andijonda 2 ball, Toshkent va Sirdaryoda esa 2 ballik yer qimirlashi qayd etilgandi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid