Kuni-keça ijtimoiy tarmoqlarda «Odilxon qori» nomi bilan maşhur bölgan sobiq imom Odilxon Ismoilov qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi. Ba’zi manbalarda unga nisbatan qidiruv e’lon qilingani ham yozildi.
Kun.uz'ga ma’lum bölişiça, 2026 yil 21 yanvar kuni Jinoyat işlari böyiça Namangan viloyati Pop tuman sudida qator iqtisodiy jinoyatlar sodir qilişda gumonlangan 6 kişiga nisbatan jinoyat işi körib çiqilgan.
Uşbu işda gumonlanuvçilar qatorida Odilxon Yunusxon öğli Ismoilov ham bor. Tergov organi unga nisbatan Jinoyat kodeksining 8 ta moddasi böyiça ayblov qöygan. Xususan:
- 167-modda 3-qismi "a" bandi, "v" bandi – Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş (juda köp miqdorda, uyuşgan guruh tomonidan);
- 179-modda – Soxta tadbirkorlik;
- 184-modda 3-qismi – Soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş;
- 189-modda 1-qismi – Savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş;
- 209-modda 2-qismi "a" bandi, "b" bandi – Mansab soxtakorligi;
- 227-modda 2-qismi "a" bandi – Hujjatlar, ştamplar, avtomototransport vositalarining davlat raqam belgilarini egallaş, nobud qiliş;
- 228-modda 2-qismi "a" bandi, "b" bandi – Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş;
- 228-modda 3-qismi – Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş.
Bundan taşqari, Odilxon Ismoilov bilan birga yana 5 kişi uşbu iş doirasida ayblanmoqda. Ularga ham şu turdagi bir qança moddalar bilan ayblovlar qöyilgan.
Iş sudya Adolat Xöjayeva raisligida körilgan, jabrlanuvçilar qatorida Behzod Ahmedov va Ğolibjon Örinboyev sanalgan.
Oliy sud matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, 49 yoşli Odilxon Ismoilov va boşqalar, jami 6 kişiga nisbatan Jinoyat kodeksining 167, 179, 184, 189, 28, 209, 209, 227, 228-moddalari bilan ayblov qöyilgan. Ularga oid jinoyat işi ayni paytda jinoyat işlari böyiça Pop tuman sudida oçiq sud majlisida körib çiqilmoqda.
Şuningdek, 5 nafar sudlanuvçi jumladan Odilxon Ismoilovga nisbatan ham «qamoqqa oliş» ehtiyot çoralari, 1 nafar şaxsga esa «garov» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.









