Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdurahmon Tashanovga qarshi ma’muriy ish sudda tugatildi
Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanovga nisbatan yolg‘on axborot tarqatish ayblovi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan edi.
Tashanovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, ma’muriy ish bugun, 1 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudida ko‘rib chiqilib, ma’muriy huquqbuzarlik holati yo‘qligi uchun ish MJtKning 271-moddasi 1-qismiga ko‘ra tugatilgan.
Huquq faoli avvalroq Facebook ijtimoiy tarmog‘ida fuqaro Nozim Abdullayevga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilgani haqida postlar yozgan.
“Bundan go‘yoki Davlat xavfsizlik xizmatining ikki nafar mulozimi jabr ko‘rdik, ya’ni bizning sha’nimiz, qadr-qimmatimiz kamsitildi, degan shikoyat bilan harbiy prokuraturaga murojaat qilgan. Harbiy prokuratura ma’muriy ish qo‘zg‘atgan, bu ish sud tomonidan rad qilindi”, – deydi Abdurahmon Tashanov.
Mavzuga oid
11:59 / 04.06.2026
“Ta’limga tashxis qo‘yadigan odam yo‘q” – Abdurahmon Tashanov
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
19:03 / 07.05.2026
Otabek Bakirov: “Yolg‘on axborot tarqatish haqidagi modda so‘z erkinligini toraytiryapti”
15:24 / 07.05.2026