Abduqahhor Mullajonov Toshkent viloyati prokuroriga o‘rinbosar bo‘ldi
Markaziy bankning sobiq rahbari Fayzulla Mullajonovning ikkinchi o‘g‘li Toshkent viloyati prokuroriga o‘rinbosar bo‘ldi. U 2021 yildan buyon Sirdaryo viloyati prokurori o‘rinbosari edi.
Adliya katta maslahatchisi Abduqahhor Fayzulloyevich Mullajonov Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bosh prokurorning tegishli buyrug‘i chiqarilgan.
Abduqahhor Mullajonov 1976 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirda yuridik universitet) tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2004 yildan Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim katta tergovchisi, keyinroq Sergeli tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2017–2018 yillarda Bektemir tumani prokurori lavozimida ishlagan.
U 2018 yil iyulida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan, 2021 yil aprelidan buyon Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.
- Ma’lumot uchun, Abduqahhor Mullajonov O‘zbekiston Markaziy bankiga 1991 yildan 2017 yil mayiga qadar (vafotigacha) rahbarlik qilgan Fayzulla Mullajonovning ikkinchi o‘g‘lidir.
- Eslatib o‘tamiz, 2023 yil iyulida Toshkent viloyat prokurori Shavkatjon Rahimov ishdan olingan, avgustda bungacha Andijon viloyati prokurori bo‘lgan Sirojiddin Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori lavozimini egallagandi.
Mavzuga oid
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024
Toshkent viloyatida “zakladchiklar” qo‘lga olindi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024