Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining buyruği bilan adliya katta maslahatçisi Abduqahhor Fayzulloyeviç Mullajanov Sirdaryo viloyati prokurorining örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Abduqahhor Mullajanov 1976 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan, ma'lumoti oliy, huquqşunos. 2002 yilda Toşkent davlat yuridik institutini (hozirda yuridik universitet) tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 2002 yilda Mirzo Uluğbek tumani prokuraturasida boşlab, Toşkent şahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2004 yildan Toşkent şahar prokuraturasi bölim katta tergovçisi, keyinroq Sergeli tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2017-2018 yillarda Bektemir tumani prokurori lavozimida işlagan.
U 2018 yil iyulida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunçilik ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlanib, şu kunga qadar uşbu lavozimda işlab kelayotgandi.
Ma'lumot uçun, Abduqahhor Mullajonov Özbekiston Markaziy bankiga 1991 yildan 2017 yil mayiga qadar (vafotigaça) rahbarlik qilgan Fayzulla Mullajonovning ikkinçi öğlidir.
Bundan avvalroq, 2021 yil martida Fayzulla Mullajonovning katta öğli Abdumajid Mullajonov Olmazor tumani hokimi etib tayinlangandi.

















