Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Eron Hurmuz bo‘g‘ozi hududida harbiy mashg‘ulot o‘tkazishi mumkin
Foto: Globallookpress
Rossiya va Eron yaqin kelajakda Hurmuz bo‘g‘ozi hududida harbiy-dengiz mashg‘ulotlari o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Eron HDK qo‘mondoni Husayn Xonzodiy IRNA agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Yaqin vaqt ichida Hind okeanida Rossiya-Eron qo‘shma mashg‘ulotlari o‘tkazilishi kutilmoqda. Mashg‘ulotlar Hind okeanining shimoliy qismida, xususan Hurmuz bo‘g‘ozida bo‘lib o‘tishi mumkin", - dedi Xonzodiy.
U shuningdek, Rossiya va Eron Kaspiy dengizida mudofaa sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish borasida muzokara olib borayotganini ma'lum qildi.
Kontr-admiral Xonzodiy Rossiya HDK qo‘mondonligining taklifiga binoan uch kunlik tashrif bilan Rossiyaga keldi.
Mavzuga oid
14:28
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
11:53
Sud Rossiya bankining Euroclear’ga qarshi da’vosi bo‘yicha birinchi eshituvni o‘tkazdi
10:06
BBC va “Mediazona” Rossiyaning 163 ming harbiysi halok bo‘lganini tasdiqladi
09:45