Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Butun mamlakat - zulmat ichida: Kubada keng ko‘lamli blekaut ro‘y berdi
Bu vaqtda orolga vayronkor to‘fon yaqinlashmoqda.
18 oktyabr kuni Kubada yirik issiqlik elektr stansiyasidagi avariyadan keyin elektr energiyasidan to‘liq uzilish sodir bo‘ldi. 10 millionga yaqin kishi elektrsiz qolgan. Elektr energiyasi ta’minoti 19 oktyabr kuni qisman tiklangandi, ammo yakshanbaga o‘tar kechasi yana butunlay o‘chdi, deb yozadi BBC News. Hududga «Oskar» to‘foni yaqinlashib kelayotgani vaziyatni yanada og‘irlashtirgan. Prognozlarga ko‘ra, shamol tezligi soatiga 140 kilometrga chiqadigan to‘fon Kuba sohillariga mahalliy vaqt bilan 20 oktyabr kuni kunduzi yetib keladi. U mamlakatning sharqiy hududlariga suv toshqini va ko‘chkilar olib kelishi mumkin.
Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel rasmiylar «to‘fon muqarrarligini hisobga olgan holda odamlar va iqtisodiy resurslarni himoyalash uchun qattiq ish olib borayotgani»ni aytgan.
Diario de Cuba gazetasi yozishicha, elektr uzilishi energetik inqirozni kuchaytirgan — Kubada so‘nggi ikki haftada muntazam ravishda kuniga bir necha soatga elektr o‘chirilayotgandi. Bosh vazir Manuel Marrero Krus teleomurojaatida uzilishlarga eskirgan infratuzilma, yonilg‘i yetishmasligi va energiya iste’moli ortib ketgani sababligini aytgan. «Meduza» Kubadagi keng ko‘lamli blekaut qanday ko‘rinishda ekani aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.
Norlys Perez / Reuters / Scanpix / LETA
Antonio Levi / AFP / Scanpix / LETA
Antonio Levi / AFP / Scanpix / LETA
Ramon Espinosa / AP / Scanpix / LETA
Ramon Espinosa / AP / Scanpix / LETA
Ramon Espinosa / AP / Scanpix / LETA
Yamil Lage / AFP / Scanpix / LETA
Norlys Perez / Reuters / Scanpix / LETA
Adalberto Roque / AFP / Scanpix / LETA
Yamil Lage / AFP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
11:10
Tramp Kubani AQSh bilan “kech bo‘lmasdan oldin” kelishuv tuzishga chaqirdi
09:51
Kuba rahbari Trampning “kelishuv” bo‘yicha chaqirig‘ini keskin rad etdi
10:24 / 07.01.2026
Germaniya Bosh prokuraturasi Berlindagi IEMga qilingan hujumni tergov qilmoqda
11:33 / 06.01.2026