AQŞ prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida agar Kuba zudlik bilan «kelişuv tuzmasa» buning oqibatlari bölişini aytib tahdid qildi hamda endi Kubaga Venesueladan pul va neft oqimi töxtaşini ma’lum qildi.

«Kuba köp yillar davomida Venesueladan katta miqdordagi neft va pul kelişi evaziga yaşagan. Bunga javoban Kuba Venesuelaning sönggi ikki diktatoriga „qöriqlaş xizmatlari“ni körsatdi. Ammo endi bunday bölmaydi!» – deb yozdi Tramp yakşanba kuni özining Truth Social tarmoğida.

«Endi Kubada neft ham, pul ham bölmaydi – nol! Men ularga keç bölmasidan bitim tuzişni maslahat beraman», – deb davom etgan Tramp.

U aynan qanday kelişuvni nazarda tutgani va Kuba uçun qanday oqibatlar bölişi mumkinligiga aniqlik kiritmagan.

Mutaxassislarning baholariga köra, Venesuela öz ittifoqçisi Kubaga kuniga 35000 barrel (4,8 ming tonna atrofida) neft yetkazib beradi.

AQŞ harbiylari 3 yanvar kuniga ötar keçasi Karakasda ötkazilgan reyd davomida Venesuela rahbari Nikolas Maduroni qölga olib, Nyu Yorkka olib ketgandi. U yerda sobiq prezident giyohvand moddalar savdosi böyiça ayblanib, sudga tortilgan.

Tramp öz postida uşbu reyd haqida eslab ötgan va Maduroni qöriqlagan kubaliklarning aksari öldirilgani va endi Venesuela kubaliklar xizmatlariga ehtiyoj sezmasligini bildirgan. «Endi Venesuelada Amerika Qöşma Ştatlari bor, uni himoya qiladigan eng katta armiya (katta farq bilan) bor», – degan Tramp.

Kubaliklar köp yillar mobaynida Nikolas Maduroning şaxsiy qöriqlaş xizmati tarkibida bölişgan. Kuba hukumati amerikalik harbiylar reydi vaqtida 32 nafar kubalik halok bölganini tasdiqlagan.

Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel bu 32 «jasur kubalik jangçilar» «imperiya formasidagi terrorçilar» bilan jangga kirişib, halok bölganini aytgan.

Kuba hukumati reaksiyasi

Migel Dias-Kanel Trampning sözlariga keskin munosabat bildirdi. «Kuba – erkin, mustaqil va suveren mamlakat. Bizga heç kim nima qilişni buyurmaydi», – deb yozdi Lotin Amerikasi davlati rahbari X ijtimoiy tarmoğida.

«Hamma narsani biznesga, hatto inson hayotini ham tovarga aylantiradiganlar Kubaga körsatma beriş huquqiga ega emas. Mamlakatdagi oğir iqtisodiy vaziyat AQŞ bizga (Kubaga – tahr.) oltmiş yildan beri qöllab kelayotgan qattiq izolyatsiya çoralari natijasi bölib, ularni yanada kuçaytiriş bilan ham tahdid qilişmoqda», – deya qöşimça qildi u.