Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Airbus Flexrotor dronidan foydalanadi
Airbus Helicopters Dubayda e’lon qilgan shartnoma doirasida O‘zbekistonning Uztechtrade davlat unitar korxonasiga zamonaviy Flexrotor uchuvchisiz uchish tizimlari yetkazib beriladi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ushbu platformaga buyurtma bergan ilk davlatga aylanmoqda.
Foto: airbus.com
Airbus Helicopters kompaniyasi Dubay (BAA)da e’lon qilgan ma’lumotiga ko‘ra, Uztechtrade — harbiy va ikki yo‘nalishli (dual-use) uskunalarni import qilishga mas’ul O‘zbekiston davlat unitar korxonasi bilan Flexrotor uchuvchisiz uchish sistemalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Tizimlar soni oshkor etilmagan.
Airbus Helicopters global biznes bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Olive Mishalonning ta’kidlashicha, O‘zbekiston kompaniyaning ko‘p yillik hamkori hisoblanadi va mamlakatning ilg‘or Flexrotor tizimini tanlashi uning uchuvchisiz salohiyatini rivojlantirishga bo‘lgan intilishini namoyon etadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Flexrotor’dan foydalanuvchi birinchi mijozga aylanmoqda.
Flexrotor asosan razvedka, kuzatuv, nishonni aniqlash va ma’lumot to‘plash (ISTAR) vazifalari uchun mo‘ljallangan. O‘zbekiston ushbu apparatlarni ekipajli vertolyotlar bilan birgalikda qo‘llash (Crewed–Uncrewed Teaming) orqali vaziyatdan xabardorlikni oshirish va missiya samaradorligini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Flexrotor — Airbus’ning uchuvchisiz uchish apparatlari portfelidagi eng yangi platformalardan biri. Vertikal ravishda ko‘tarilib-qo‘nadigan (VTOL) bu zamonaviy dronning maksimal uchish vazni 25 kgni tashkil qiladi. U odatiy konfiguratsiyada 12–14 soatgacha vazifalarini bajarish imkoniyatiga ega.
Apparat turli xil yuklamalarni, jumladan, elektro-optik tizim va ilg‘or sensorlarni integratsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, mijozning aniq ehtiyojlariga moslashtirilishi mumkin. Flexrotor ham quruqlikda, ham dengiz sharoitida 3,7 x 3,7 metr maydon yetarli bo‘ladigan tarzda avtonom ravishda uchirilishi va qo‘ndirilishi mumkin. Bu uni oz resurs talab qiladigan, turli sharoitlarda ishlash uchun qulay yechimga aylantiradi.
Mavzuga oid
19:32
Shveytsariya Markaziy Osiyo uchun 200 mln dollarlik dasturni ishga tushirdi
21:33 / 30.03.2026
Eronning arzon dronlari qanday qilib urush olib borish usullarini o‘zgartiryapti?
19:21 / 30.03.2026
Tadqiqot: Markaziy Osiyo daryolari muzliklarga bog‘liq holda o‘zgarish bosqichida
17:30 / 25.03.2026