Jamiyat | 19:52 / 20.09.2021
1017
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda ukasining uyini sotishini aytib mahalladoshining pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Pixabay

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida ukasining uyini sotishini aytib mahalladoshining pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 6 mart kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida doimiy ro‘yxatda turib, vaqtincha Jarqo‘rg‘on tumani Ulug‘bek mahallasida yashovchi A. Rustam marhum ukasi A. Rashidga tegishli bo‘lgan, Ulug‘bek mahallasida joylashgan uyni mahalladoshi, M. Gulnoraga 24 ming AQSh dollariga sotish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishgan.

Qayd etilishicha, A. Rustam M.Gulnoradan qolgan pullarni 2021 yil 1 avgust kuniga qadar olishga o‘zaro kelishib, 1000 dollar olgan. So‘ng u M.Gulnoradan olgan 1000 ming dollarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Ta'kidlanishicha, joriy yil 14 sentabr kuni Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan A.Rustamga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid