Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda odamlarning pullarini o‘zlashtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida odamlarning pullarini o‘zlashtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 13 sentyabr kuni Qumqo‘rg‘on tumani IIBga tumanning Uyas mahallasida yashovchi, X.Xayit ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatda yozilishicha, X.Xayit 2021 yil iyul oyida, tikuv sexi tashkil qilish maqsadida, banklarning biridan 18 million so‘m miqdorida kredit olgan. Shundan so‘ng Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi X.Dilfuz unga 6 dona tikuv mashinaci yetkazib berishni va'da qilib, pullarni o‘z egaligidagi xususiy korxonaga tushirib olib, tikuv mashinasi olib bermasdan pullarni o‘zining ehtiyojiga ishlatib yuborgan.
Surishtiruv davomida X.Dilfuz Uyas mahallasida yashovchi, X.Abduqodirning nomiga chiqqan 18 million so‘m kredit pullarini ham xususiy korxonasi hisobiga o‘tkazib, o‘zining ehtiyojiga ishlatib yuborgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, 13 sentyabr kuni X.Dilfuzga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026