Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanidan oqib ötuvçi kanalga Gentra tuşib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

Unga köra, 22 iyul kuni Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumani «Dehqonobod» MFY hududidan oqib ötuvçi Zang kanaliga Gentra tuşib ketgani töğrisida FVBga xabar tuşgan. 

Zudlik bilan voqea joyiga FVB qutqaruvçilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar va texnika yordamida avtomaşinani kanaldan çiqarib olgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq.

Bundan avvalroq Namangan viloyatida Şimoliy Farğona kanaliga tuşib ketgan Damas rusumli 2 ta avtomaşina olib çiqilgani xabar qilingandi.