Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mubashshir Ahmad vaqtincha Toshkentdagi ixtisoslashgan kasalxonaga o‘tkazildi
Navoiydagi Jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan taniqli diniy ulamo Alisher Tursunovning oyoqlarida yana shish paydo bo‘lgan. Advokat Abdulloh Sodiqning ma’lum qilishicha, oldindan «qandli diabet» va «oyoq artrozi» bilan og‘rigan ulamo, shundan so‘ng chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik uchun poytaxtdagi «Sangorod»ga yuborilgan.
20 fevral kuni taniqli diniy ulamo Alisher Tursunov Navoiydagi Jazoni ijro etish muassasasidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik uchun Toshkentga olib kelindi. Bu haqda ulamoning advokati Abdulloh Sodiq Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Mubashshir Ahmad Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonaga (Sangorod) vaqtinchalik ko‘chirildi. U olib kelingach to‘liq ko‘rikdan o‘tkazishga va kasalxonaga ro‘yxat asosida qabul qilishga ulgurishmagan. Shu sababli ulamoning himoyachisi va yaqinlari hozircha u bilan poytaxtda ko‘rishib ulgurmagan.
Ma’lum bo‘lishicha, oldinroq «chap oyoq artrozi» va «qandli diabet» tashxislari qo‘yilgan Mubashshir Ahmadning oyoqlarida yana shish paydo bo‘lgan. Shu bois jazoni ijro etish muassasasi shifokorlari uni to‘liq va chuqurlashtirilgan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun poytaxtga yuborishga qaror qilgan. Tibbiy ko‘rik kamida 2 hafta davom etishi kutilmoqda.
Advokat Abdulloh Sodiqning rasmiylarga tayanib aytishicha, mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona mas’ullari kelasi hafta analizlar olib, to‘liq ko‘rikni boshlaydi.
Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov 2025 yil 8 oktabr kuni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. O‘shanda JIB Uchtepa tuman sudi sudyasi Bobur Rahimov ulamoni tergov organi qo‘ygan uchala modda (diniy mazmundagi materiallarni tarqatish, jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallar tarqatish va milliy-etnik adovat qo‘zg‘atish) bo‘yicha ham aybdor deb topgan.
Shundan so‘ng, Mubashshir Ahmad sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyati bermaslikka qaror qildi. U Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida joylashgan IIV huzuridagi Jazoni ijro etish Departamentiga qarashli 5-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida o‘tayotgan edi.
Oradan 3 oy o‘tib — 2026 yil yanvarda ulamoning advokati Abdulloh Sodiq Kun.uz'ga murojaat qilib, «Mubashshir Ahmadning salomatligi og‘irligi va shu sababli jazoni o‘tay olmasligi»ni bildirgandi.
«Tursunovga «Qandli diabet II tip, insulinga muhtoj turi» va «Chap oyoq artrozi» tashxislari qo‘yilgan. Ulamoning oyoqlari shishib ketib, tanasida har xil yaralar paydo bo‘layotganiga qaramay davolanishiga ruxsat berilmayapti», degandi himoyachi.
Keyinroq, Ombudsmanning mintaqaviy vakili — Alisher Tursunovning saqlanish sharoitlarini o‘rganib, diniy ulamo ish va yashash sharoiti bo‘yicha shikoyat bildirmaganini aytgan. Shuningdek, ombudsman Alisher Tursunov muassasada o‘z xohishiga ko‘ra oshxona ishlari bilan shug‘ullanishga jalb qilinganini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
09:10 / 03.04.2026
Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
14:58 / 02.04.2026
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
09:13 / 01.04.2026
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026