AES direksiyasi rahbari: Ishlatilgan yadro yoqilg‘isi Rossiyaga olib ketiladi
Yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarishda mahalliy urandan foydalaniladi. Bunda, o‘zbek urani Rossiyada boyitiladi, AESda ishlatilganidan keyin yana Rossiyaga olib ketiladi. Xorijiy va mahalliy banklarga loyihani moliyalashtirish taklif etilmoqda. Ayni paytda, respublikaning boshqa qator hududlarida kichik AESlar qurish masalasi ko‘rib chiqilyapti.

O‘zbekiston hukumati kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha xorijiy va mahalliy banklar bilan muzokaralar olib boryapti. Bu haqda AES qurish direksiyasi direktori Otabek Omonovga tayanib, Gazeta.uz xabar berdi.
“Yevropa, Rossiya banklari ham, mahalliy banklar ham bor. Chunki infratuzilmaning ayrim qismlari mahalliy pudratchilar tomonidan quriladi… Banklarning takliflari Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan kelishiladi”, – degan u.
AES direksiyasi boshlig‘ining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston “Rosatom” bilan shartnoma strategiyasi doirasida bir nechta shartnomalar tuzgan: atom elektr stansiyasini qurish, kadrlar tayyorlash, AES uchun yoqilg‘i olib kirish, stansiyani ekspluatatsiya qilish va yadroviy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha shartnomalar.
“Oxirgi kelishuvga, ya’ni ishlatilgan yadro yoqilg‘isini olib chiqishga ko‘plab xorijiy kompaniyalar rozi emas. Biz “Rosatom” bilan ishlatilgan yadro yoqilg‘isi Rossiyaga olib chiqilishi, u yerda qayta ishlanishi va ba’zi zarur komponentlar O‘zbekistonga qaytarilishi haqida kelishib oldik”, – degan u.
Yadro yoqilg‘isi uchun Rossiyada boyitiladigan mahalliy urandan foydalanish rejalashtirilgan.
“19 foiz yoki 20 foizgacha boyitilgan uran-235 oksidi ishlatiladi. Mana bu yoqilg‘i import qilinadi, lekin bir jihati bor. U mahalliy o‘zbek uranining qayta ishlangan xomashyosi asosida ishlab chiqariladi. Ya’ni o‘zbek urani chetga chiqariladi, tayyorlanadi, yoqilg‘i ishlab chiqariladi va qaytarib olib kelinadi. Mahalliy uran borligi sababli yoqilg‘i narxi ancha arzon bo‘ladi, deb umid qilamiz”, – degan Otabek Omonov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, stansiya davlatga tegishli bo‘ladi.
“Ushbu stansiya to‘liq O‘zbekiston Respublikasining mulki bo‘ladi. Stansiya operator – mahalliy kompaniya tomonidan boshqariladi, ya’ni hozirda direksiyaga operator vakolatlari berilgan. Ya’ni, tegishli foydalanish litsenziyasiga ega bo‘lgan davlat operator kompaniyasi tomonidan boshqariladi”, – degan AES qurilishi rahbari.

“O‘zatom” agentligi direktori Azim Ahmadxo‘jayevning ma’lum qilishicha, respublikaning qator hududlarida kichik quvvatli atom elektr stansiyalarini qurish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu stansiyalarni qurish uchun 14 ta potensial maydoncha oldindan baholab chiqilgan.
“Respublikaning turli hududlarida kichik reaktorlarni yanada rivojlantirish uchun ushbu maydonlarni batafsil o‘rganish rejalashtirilgan. Baholash, albatta, mahalliy va xalqaro me’yoriy hujjatlar, atom elektr stansiyalari uchun maydonlarni tanlash bo‘yicha hujjatlar asosida amalga oshiriladi”, – dedi Ahmadxo‘jayev 15 oktyabr kungi konferensiyada so‘zlagan nutqida.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jamiyatda jurnalist mehnati hurmat qilinadigan muhitni saqlab qolish muhim - Sherzod Asadov
Jahon | 18:12
-
Dunyodagi eng katta to‘g‘on Yerning aylanishini sekinlashtirdi
Jahon | 18:01
-
Zelenskiy Putin taklif qilgan uch kunlik sulhni rad etdi
Jahon | 17:18
-
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi
Jamiyat | 17:00
Mavzuga oid

21:20 / 28.04.2025
“Agar emas, qachonki...” - Lixachev O‘zbekistonda katta AES qurilishi haqida

00:46 / 28.04.2025
Xitoy atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchiga aylandi

22:04 / 23.04.2025
O‘zbekiston Xitoyga Jizzaxdagi AES loyihasiga sarmoya kiritishni taklif qildi

17:06 / 23.04.2025