Texnologiya | 09:12 / 14.03.2017
4046
2 daqiqa o‘qiladi

Facebook foydalanuvchilarga doir ma'lumotlar ishlatilishini taqiqladi

Facebook kompaniyasi rahbariyati dasturlar va ilovalar ishlab chiqaruvchilarga foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqda saqlanayotgan ma'lumotlaridan ta'qib qilish maqsadida foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Yangi taqiqqa binoan, ilovalar yaratish maqsadida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga tegishli ma'lumotlarni olgan ishlab chiqaruvchilar ulardan ruxsatsiz foydalanish, olish yoki oshkor qilinishini cheklashga doir choralar ko‘rishi kerak bo‘ladi. 

Ta'kidlanishicha, 2016 yil kuzida Amerika fuqaro erkinliklarini himoya qilish ittifoqi (ACLU) aniqlashicha, Facebook va unga tegishli bo‘lgan Instagram ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar ma'lumotlarini Geofeedia firmasiga bergan. U huquq tartibot idoralarining buyurtmasi bo‘yicha kuzatuv ilovalarini ishlab chiqadi. 

Keyinchalik, ikkala kompaniya ham Geofeedia firmasining akkauntlarga kirishini to‘xtatdi, biroq, shu paytga qadar Facebook kompaniyasi ilova ishlab chiqaruvchilarga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ma'lumotlaridan foydalanishni taqiqlovchi siyosati ishlab chiqilmagan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid