Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada 7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi
Kyusyu orolidagi zilzila allaqachon sunamiga sabab bo‘lgan. Ba’zi joylarda to‘lqin balandligi bir metrga yetgani ta’kidlanmoqda. Mahalliy Ikata atom elektr stansiyasi ishi vaqtincha to‘xtatilgan.
Foto: AP
8 avgust kuni Yaponiyada, mamlakat janubi-g‘arbidagi Kyusyu oroli yaqinida 7,1 magnitudali zilzila qayd etildi.
Mahalliy idoradan olingan videokuzatuv kameralarida odamlarning stol ostiga yashiringanini ko‘rish mumkin.
NHK telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri Kyusyu orolidagi Miyazaki prefekturasi hududida joylashgan va o‘choq 31 km chuqurlikda bo‘lgan.
«Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 4:42 da yuz berdi. Biz silkinishdan 5 soniya o‘tgach, bu haqda signal oldik. Endi Nankay yorig‘i qanday holatda ekanini baholash muhim», deyiladi seysmologlar xabarida.
Mahalliy aholi hushyor bo‘lishga chaqirildi. Seysmologlar yerosti silkinishlari takrorlanishini istisno qilmayapti. Orolda tezyurar poyezdlar harakati to‘xtatilgan.
«Biz Yaponiya aholisiga murojaat qilamiz: ehtiyot bo‘ling, ommaviy axborot vositalaridagi ma’lumotlarni kuzatib boring. Agar evakuatsiya zarur bo‘lsa, biz sizni xabardor qilamiz. Yana 6 ballgacha bo‘lgan yangi zilzilaga tayyor turing», dedi Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayashi.
Zilzila allaqachon sunamiga sabab bo‘lgan. Ba’zi joylarda to‘lqin balandligi bir metrga yetgani ta’kidlanmoqda. Mahalliy Ikata atom elektr stansiyasi ishi vaqtincha to‘xtatilgan va stansiya holati tekshirilmoqda.
Mahalliy mutaxassislar Kyusyu oroli hududidagi zilzilani allaqachon o‘rganmoqda. Nankay yorig‘iga alohida e’tibor qaratilgan. 80 yil oldin u yerda kuchli zilzila bo‘lgan va mingdan ortiq odam halok bo‘lgan. Seysmologlar bu yana takrorlanishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Mavzuga oid
22:52 / 22.05.2026
Yaponiyada 70 yillik xato tufayli allergik «portlash» yuz berdi
11:43 / 17.05.2026
Yaponiya ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
15:48 / 14.05.2026
O‘zbekistonliklar Yaponiyaga vizani qanday olishi mumkin?
10:04 / 10.05.2026