Sport | 17:10 / 16.03.2018
31019
2 daqiqa o‘qiladi

«Uzbek Tigers» Termizda venesuelaliklarni qabul qiladi. Ikki jang uchun tarkiblar aniq

Foto: Kun.uz

WSB yo‘nalishida musobaqalarda ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» jamoasi navbatdagi janglarini 6-7 aprel kunlari Termiz shahrida Venesuelaning «Caciques de Venezuela» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati «KUN.UZ»ga ma'lum qilishicha, Venesueladagi notinchlik tufayli ikki jangni ham O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishilgan.

Ayni vaqtga kelib ikki jamoa ham janglar uchun tarkiblarni ma'lum qilgan.

S1 tarkibida Hasanboy Do‘stmatov o‘rnini Mironshoh Ibragimov egallaydi. Tarkiblarda boshqa o‘zgarishlar yo‘q.

Birinchi kungi janglar

-49 kg: Mironshoh Ibragimov — Luis Polanko

-56 kg: Shahobiddin Zoirov — Yoel Finol

-64 kg: Iqbol Xoldorov — Kristian Palasio

-75 kg: Isroil Madrimov — Endryu Saavedra

-91 kg: Sanjar Tursunov — Albert Ramires

Ikkinchi kungi janglar

-52 kg: Jasur Latipov — Xesus Roxas

-60 kg: Shunqor Abdurasulov — Luis Kabrera

-69 kg: Mahmud G‘oipov — Gabriel Maestre

-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Nalek Korbaj

+91 kg: Bahodir Jalolov — Jordan Ernandes

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha «Uzbek Tigers» guruh bosqichida 3ta jang o‘tkazib, safarda «Cuba Domadores»ga imkoniyatni boy bergan (5:0) bo‘lsa, o‘z maydonida kubaliklardan revansh olgandi (4:1). Shuningdek, «Colombia Heroicos» jamoasiga qarshi janglarda ham jamoa 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

28 mart kuni esa 4-tur doirasida Kolumbiyaning Soledad shahrida «Colombia Heroicos» jamoasiga qarshi javob janglari o‘tkaziladi.

Mavzuga oid