Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hamas garovdagi tirik isroilliklarning barchasini qaytardi (fotolar)
Hamas Qizil Xoch jamiyatiga topshirgan garovdagilar Isroilga olib kelindi. Qolgan 28 kishining jasadi esa keyinroq beriladi. Ayni vaqtda Isroil qamoqxonalarida minglab falastinlik mahbuslar qaytarish uchun to‘planmoqda. Yaqin Sharqqa kelgan Donald Tramp sulh davrida Hamasga G‘azoda xavfsizlikni ta’minlash vazifasi yuklatilganini aytdi.
AQSh vositachiligida tuzilgan sulh kelishuvi doirasida Hamas G‘azoda so‘nggi 20 nafar tirik garovdagilarning barchasini Xalqaro Qizil Xoch tashkilotiga topshirdi.
Ular ikki bosqichda Isroil tomoniga topshirildi — avval G‘azodan dastlabki yetti kishi olib chiqildi, keyinroq yana 13 nafari. Topshirish jarayoni G‘azo sektorining janubida joylashgan Xon-Yunus shahrida amalga oshirildi.
Oded Balilty / AP / Scanpix / LETA
Garovdagilar ozod etilishi juma kuni kuchga kirgan Isroil va Hamas o‘rtasidagi kelishuvning muhim bosqichi bo‘ldi. Hamas ularni ozod etganidan so‘ng 20 nafar garovdagi fuqaro Isroil hududiga qaytdi. Buning evaziga Isroil dushanba kuni kechga borib qariyb 2 ming nafar falastinlik mahbusni ozod etishi kutilmoqda.
Al-Jazeera'ning yozishicha, Isroil nashrlari falastinlik mahbuslarni tashiyotgani taxmin qilinayotgan ikki avtobus va Qizil Xoch mashinalarining Ofer qamoqxonasidan chiqib ketayotganini ko‘rsatdi.
Dawoud Abu Alkas / Reuters / Scanpix / LETA
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
AQSh prezidenti Donald Tramp allaqachon Yaqin Sharqqa kelgan va Isroil parlamentida nutq so‘zlashi kutilmoqda.
Tramp Isroil parlamenti binosining yo‘lagidan o‘tayotgan paytda bir jurnalist undan so‘radi: «Urush rasman tugadimi?» «Ha, menimcha, ha», - deb javob berdi Tramp.
Ammo sulh bitimi urushni to‘liq tugatmadi. Endi G‘azoda keyingi bosqichda nima bo‘lishi haqida ko‘plab savollar ochiq qolmoqda — xususan, Hamas Binyamin Netanyahuning «qurolsizlanish» talabiga rozi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, noma’lum. Ushbu masalalar bugun Misrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Tramp va boshqa jahon yetakchilari ishtirok etadigan sammitda muhokama qilinishi kutilmoqda. Biroq Isroil ham, Hamas ham unda qatnashmaydi.
Isroilga kelishda Donald Tramp Hamasga G‘azo sektorida olib borayotgan ichki xavfsizlik amaliyotlari uchun «ma’lum muddatga ruxsat berilgani»ni bildirdi.
Juma kuni kuchga kirgan sulhdan keyin HAMAS G‘azo sektorining ayrim hududlariga ichki xavfsizlik kuchlarini joylashtirdi. Hamasning bayonotiga ko‘ra, bu chora tartibsizliklar, talon-toroj va xavfsizlik bo‘shlig‘ining oldini olishga qaratilgan.
«Air Force One» bortida bo‘lgan jurnalistning savoliga javoban — ya’ni HAMAS o‘zini «politsiya kuchi» sifatida tiklayotgani haqidagi xabarlarga Tramp shunday dedi:
«Ular muammolarni to‘xtatmoqchi, bu borada ochiq gapirishgan va biz ularga ma’lum muddatga ruxsat berdik. Qariyb 2 million odam vayron bo‘lgan binolarga qaytyapti va bu sharoitda ko‘p yomon narsalar sodir bo‘lishi mumkin. Shuning uchun biz xavfsizlikni ta’minlashni xohlaymiz. Menimcha, hammasi joyida bo‘ladi. Lekin aniq aytish qiyin», - dedi Tramp.
Ikki yil davom etgan urushdan keyin, dushanba kuni boshlangan sulh va garovdagi fuqarolar almashinuvi Isroil hamda G‘azoda katta yengillik olib keldi.
Isroilliklar uchun garovdagilarni qaytarish eng muhim maqsad edi. Avvalgi ikki vaqtinchalik sulh davomida o‘nlab garovdagilar ozod etilgan, ayrimlari esa Isroil askarlari tomonidan tirik holda qutqarilgan edi.
Falastinliklar uchun esa sulh odatiy hayotga qaytish umidini berdi. Minglab ko‘chirilgan g‘azoliklar sulh kuchga kirgach, shimolga – G‘azo shahriga qayta boshladi. Isroil ham G‘azoga zarur oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa insonparvarlik yordami kirishiga ruxsat berdi. BMTga qarashli oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha ekspertlar ayrim hududlar rasmiy ravishda ocharchilik holatida ekanini bildirgan.
AQSh, arab va turk vositachiligi ostida o‘tgan hafta erishilgan kelishuvga binoan, Isroil kuchlari juma kuni peshinga qadar G‘azoning ichkarisidagi yangi mudofaa chizig‘iga chekinib, garovdagilarni ozod etish uchun 72 soatlik «deraza» ochdi.
Sulh shartlariga ko‘ra, Hamas endilikda vafot etgan garovdagilarning jasadlarini topshirishi kerak, ammo bu qanchalik tez amalga oshishi noma’lum. Isroil 26 nafar garovdagi fuqaroning halok bo‘lganini, yana ikki nafarining holati noma’lumligini bildirgan. Rasmiylar Hamas ayrim jasadlarni qidirib topishi kerakligini, bu esa vaqt olishini aytmoqda.
Garovdagilari ozod etilishidan bir necha soat oldin BMT G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazishda «sezilarli siljish» kuzatilayotganini ma’lum qildi.
Matanya Tausig / Reuters / Scanpix / LETA
Alexi J. Rosenfeld / Getty Images
Times of Israel
Times of Israel
Ilan Rosenberg / Reuters / Scanpix / LETA
Mahmoud Illean / AP / Scanpix / LETA
Evan Vucci / AP / Scanpix / LETA
Garovdan qaytarilganlar yaqinlari bilan
Ilia Yefimovich / dpa / Scanpix / LETA
Hannah McKay / Reuters / Scanpix / LETA
Ariel Schalit / AP / Scanpix / LETA
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Ariel Schalit / AP / Scanpix / LETA
Israel Defense Forces / Reuters / Scanpix / LETA
Israeli Government Press Office / EPA / Scanpix / LETA
Israeli Government Press Office / EPA / Scanpix / LETA
Israel Defense Forces / Reuters / Scanpix / LETA
Israel Defense Forces / Reuters / Scanpix / LETA
Israeli Government Press Office / EPA / Scanpix / LETA
Israel Defense Forces / Reuters / Scanpix / LETA
israelsecurity / Telegram
Mavzuga oid
15:51 / 02.12.2025
Netanyahu qanday ayblovlar uchun afv so‘ramoqda va buning imkoni bormi?
13:59 / 02.12.2025
“Netanyahu uchun qulay siyosiy fon yaratilyapti” - Farhod Karimov
18:14 / 30.11.2025
Netanyahu Isroil prezidentidan korrupsiya ishi bo‘yicha afv so‘radi
16:52 / 29.11.2025