Jahon | 21:03 / 05.02.2026
9426
1 daqiqa o‘qiladi

2025 yilda 200 ga yaqin o‘zbekistonlik Rossiyadan boshpana so‘radi

Eng ko‘p boshpana so‘rovchilar ukrainaliklar va suriyaliklar bo‘ldi.

Foto: RIA Novosti

2025 yilda O‘zbekistonning 191 nafar fuqarosi Rossiyadan boshpana so‘radi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib «Gazeta.ru» xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2025 yilda jami 8820 nafar chet el fuqarosi, jumladan, 3332 nafar Ukraina fuqarosi, 3196 nafar Suriya fuqarosi, shuningdek, 281 nafar afg‘onistonlik, 313 nafar falastinlik va 191 nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiyadan boshpana so‘ragan.

Shuningdek, Rossiyadan boshpana so‘raganlar soni bo‘yicha o‘ntalikka Germaniya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Isroil va Armaniston ham kirdi.

2024 yilda Rossiyaga vaqtinchalik boshpana so‘rab 6879 kishi murojaat qilgan, ularning yarmidan ko‘pi Ukraina fuqarolari (3722), ikkinchi o‘rinda Suriya fuqarolari (726) qayd etilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid