Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar maxsus psixokorreksiya dasturidan o‘tkaziladi
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablarning oldini olish maqsadida zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarni maxsus psixokorreksiya dasturlaridan o‘tkazish belgilanmoqda.

Foto: AP
Vazirlar Mahkamasining “Tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi bilan quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarni tuzatish dasturidan o‘tkazish mexanizmlari mustahkamlanmoqda;
- mazkur yo‘nalishdagi ishlar qamrovini kengaytirish maqsadida tuzatish dasturidan o‘tkazuvchi mas’ul tashkilot va idoralar qatoriga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va uning hududiy bo‘linmalari hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari kiritilmoqda, shuningdek, ushbu idoralarning shaxslarni tuzatish dasturidan o‘tkazishdagi vakolatlari belgilanmoqda;
- xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablarning oldini olish maqsadida zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarni maxsus psixokorreksiya dasturlaridan o‘tkazilishi belgilanmoqda;
- zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning tuzatish dasturidan o‘tkazilishi jarayonini monitoring qilish va boshqarish bo‘yicha tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshliqlarining vakolatlari belgilanmoqda;
- “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan himoya orderining amal qilish muddati tuman (shahar) jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga o‘tkazilgani munosabati bilan tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Bildirilishicha, taklif etilayotgan qaror loyihasining qabul qilinishi tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar tomonidan himoya orderi talablarining bajarilishiga, xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilinishini ta’minlashga, shaxslarni tuzatish dasturidan o‘tkazish tadbirlarining natijadorligi oshishiga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47 / 02.05.2025
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25 / 02.05.2025
Mavzuga oid

13:51 / 30.04.2025
Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi

14:13 / 06.04.2025
Dunyo parlamentlarida ayol siyosatchilarning soni va nufuzi ortmoqda - Martin Chungong

16:56 / 27.03.2025
Toshkent viloyatida bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi

10:12 / 18.03.2025