Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ijtimoiy soha va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha alohida ishchi guruhi tuziladi
Qashqadaryoda ijtimoiy soha va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ishchi guruhi tuziladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ishchi guruhi har haftada 4 kun Qashqadaryoda bo‘lib, ishlarni samarali tashkil etadi, markazlashgan va qo‘shimcha mablag‘larning manzilli hamda maqsadli ishlatilishini nazorat qiladi.
Joriy yilda Qashqadaryoda ijtimoiy soha va infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb muammolarni hal etish uchun respublika budjetidan qo‘shimcha 360 milliard so‘m ajratiladi.
Shuningdek, Investitsiya vazirligi bu ishlar uchun xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan 100 million dollar imtiyozli mablag‘lar yo‘naltiradi.
Qo‘shimcha ajratilayotgan 360 milliard so‘m va 100 million dollar hisobiga ahvoli eng og‘ir bo‘lgan obektlarda bajariladigan ishlarning dastlabki manzilli ro‘yxati shakllantirilgan.
“Bu ishlarni jadal boshlash uchun dushanba kuni Moliya vazirligi 100 milliard so‘m ssuda hamda Investitsiyalar vazirligi 100 milliard so‘m mablag‘ ajratsin”, dedi prezident.
Mavzuga oid
22:14 / 11.04.2026
Qashqadaryo va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sotib kelgan shaxslar ushlandi
14:21 / 08.04.2026
Qashqadaryo va Jizzaxning tog‘li hududlarida qor yog‘di
00:00 / 05.04.2026
Qashqadaryoda tabiatga 248 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
09:48 / 23.03.2026