Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh bilan kelishib olish qiyin – Lavrov
Foto: Reuters
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, AQShning kelishib olish qobiliyati savollarga sabab bo‘lyapti. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qildi.
«AQShning kelishib olish bo‘yicha qobiliyati ko‘p savollarni keltirib chiqaryapti, bu ayniqsa, Eron yadro dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasi, BMTning Yaqin Sharqdagi vaziyatga yechim topish bo‘yicha qarori, iqlim bo‘yicha Parij konferensiyasi deklaratsiyasi, Butunjahon savdo tashkilotining asosiy prinsiplari kabi yirik xalqaro kelishuvlarni buzish bo‘yicha harakatlar fonida yuz bermoqda», - deya aytib o‘tdi Lavrov Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva konferensiyasida.
Shuningdek, tashqi siyosat idorasi rahbarining ta'kidlashicha, AQSh siyosatida jahon ishlarida revizionizmga bo‘lgan tendensiya ko‘zga tashlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh rossiyalik oligarxlarga qarshi sanksiyalar joriy etishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:07 / 18.04.2026
AQSh Rossiya neftiga oid yengilliklarni 16 maygacha uzaytirdi
22:12 / 17.04.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilganiga qaramay, Eron portlari blokadasi saqlanib qolishini aytdi
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
19:30 / 17.04.2026