Rossiya Taşqi işlar vazirligi rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilişiça, AQŞning kelişib oliş qobiliyati savollarga sabab bölyapti. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qildi.

«AQŞning kelişib oliş böyiça qobiliyati köp savollarni keltirib çiqaryapti, bu ayniqsa, Eron yadro dasturi böyiça Qöşma keng kölamli harakatlar rejasi, BMTning Yaqin Şarqdagi vaziyatga yeçim topiş böyiça qarori, iqlim böyiça Parij konferensiyasi deklaratsiyasi, Butunjahon savdo taşkilotining asosiy prinsiplari kabi yirik xalqaro kelişuvlarni buziş böyiça harakatlar fonida yuz bermoqda», - deya aytib ötdi Lavrov Xalqaro xavfsizlik böyiça Moskva konferensiyasida.

Şuningdek, taşqi siyosat idorasi rahbarining ta'kidlaşiça, AQŞ siyosatida jahon işlarida revizionizmga bölgan tendensiya közga taşlanmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ rossiyalik oligarxlarga qarşi sanksiyalar joriy etişi xabar qilingandi.