AQŞ “Kreml röyxatidan” bölgan rossiyalik oligarxlarga qarşi sanksiyalar joriy etiş niyatida. Bu Qöşma Ştatlar prezidentligi saylovlariga aralaşuv tufayli yuz berişi mumkin, deb xabar qilmoqda Reuters manbalarga asosan.

Agentlik xabariga köra, sanksiyalar Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin bölgan rossiyalik tadbirkorlarga nisbatan joriy etiladi. Ikki manbaning ma'lumotlariga köra, bunday çoralar payşanba, 5 aprel kuniyoq körilişi mumkin.

Oligarxlarga qarşi sanksiyalar “Amerika duşmanlariga sanksiyalar orqali qarşi kuraşiş töğrisida”gi (CAATSA) qonunga muvofiq kiritiladi, deb aytib ötgan agentlikning tört nafar manbasi. Unda rossiyalik 200dan ortiq amaldor hamda tadbirkorlar nomi bor – bu röyxat “Kreml röyxati” sifatida maşhur.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞda rossiyalik oligarxlar söroq qilingani xabar berilgandi.