Radarlar qayd etgan tezlikdan 5 emas, 10 km/soat chegirib tashlanishi kutilmoqda
Vazirlar Mahkamasi tegishli qonun loyihasini parlamentga kiritdi. Parlament matbuot xizmati esa hali muhokama ham qilinmagan loyihani go‘yoki qabul qilib bo‘lingandek xabar tarqatdi: “Endi qayd etilgan tezlikdan 10 km/soat chegirib tashlanadi”. O‘zbekistonda har yili 2200 dan ortiq odam avtohalokatlarda halok bo‘lmoqda, yana minglab odamlar nogiron bo‘lib qolyapti.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston hukumati radarlar qayd etgan ko‘rsatkichdan chegirib tashlanadigan 5 km/soat tezlikni 10 km/soatgacha oshirishga qaror qildi. Vazirlar Mahkamasi bu haqdagi qonun loyihasini parlamentga kiritgan.
Qonunchilik palatasi, bu qonun loyihasi endigina kelib tushgani va hali ko‘rib chiqilmaganiga qaramay, “endi qayd etilgan tezlikdan 10 km/soat chegirib tashlanadi”, deya xabar tarqatdi.
“Qonun loyihasi bilan tezlik bilan bog‘liq qoidabuzarliklar bo‘yicha radar va spidometrlar ko‘rsatkichlari xatolaridan kelib chiqib, qayd etilgan tezlikdan 10 km/soat chegirib tashlangan holda ma’muriy jazo qo‘llanilishi nazarda tutilmoqda”, – deyiladi palata axborotida.

Bu qonun qabul qilinib, kuchga kirsa, tezlik 60 km/soat bilan cheklangan joyda haydovchilarga hozirgidek 65 km/soat tezlikdan boshlab emas, 70 km/soat tezlikdan boshlab jarima qo‘llanadi.
Avvalroq bunday yangilikni joriy etish haqida o‘tgan yili iyulda bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov ko‘rsatma bergani ma’lum bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2023 yilda boshlab shaharlar hududida yengil mashinalarning maksimal tezligi 70 km/soatdan 60 km/soatga tushirilgandi. Bu yangilikdan keyin kamera o‘rnatilgan joylarda YTHlar sezilarli kamaygan.
O‘zbekistonda har yili 2200 dan ortiq odam YTHlar qurboni bo‘ladi. Yana minglab odamlar avtohalokat tufayli mayib-majruh bo‘lib qolmoqda.
Avvalroq kamera va radarga tushganda yoziladigan jarima ballari 12 ballik hisobga qo‘shilmasligi ma’lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
O‘zbekiston | 00:41
-
Tramp firibgarlik uchun qamalgan Nikola Motor asoschisini afv qildi
Jahon | 23:56 / 29.03.2025
-
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
Jahon | 23:38 / 29.03.2025
-
Pentagon 75 mingdan ortiq xodimni ishdan bo‘shatishga tayyorlanmoqda
Jahon | 22:55 / 29.03.2025
Mavzuga oid

14:02 / 29.03.2025
“Tonirovka” uchun jarima: nima o‘zgaryapti?

16:46 / 25.03.2025
Tez yurishga rag‘bat yoxud yana 10 km/h «pogreshnost» haqida

19:54 / 24.03.2025
Toshkent viloyatida YTHga uchragan Nexia-2 yonib ketdi

23:35 / 23.03.2025