O‘zbekiston | 11:59 / 23.10.2021
10977
1 daqiqa o‘qiladi

MSK: Saylov byulletenini rasmga olib, internetda tarqatish taqiqlanadi

O‘zbekistonda saylovchilar saylov byulletenini suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashi qat'iyan taqiqlanadi, deb ma'lum qildi Markaziy saylov komissiyasi.

Foto: KUN.UZ

Komissiya rasmiy reliziga ko‘ra, saylov byulletenini ovoz berib bo‘lgach suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish saylovning “yashirin ovoz berish prinsipini buzish demakdir”.

MSK barcha saylov uchastkalaridagi ovoz berish kabinalariga suratga olishni taqiqlash to‘g‘risidagi plakatlar joylashtirilayotganini xabar qilgan.

“Hurmatli fuqarolar, saylovning yashirin ovoz berish prinsipini saqlagan holda, saylov byulletenini ovoz berib bo‘lgach, suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmasligingiz so‘raladi”, – deyiladi O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi rasmiy axborotida.

Prezident saylovi ertaga – 24 oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Saylovda soat 08:00dan 20:00gacha ovoz berish mumkin.

Mavzuga oid