O‘zbekiston | 13:25 / 13.03.2018
166855
3 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada rasmiy ishlash imkoniyati yaratildi, maosh 430 dollardan 

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan Turkiyaning “TAYGA GRUP” firmasi o‘rtasida shartnoma imzolangani xabar berilgandi. Unga asosan Turkiya Respublikasining Antaliya shahrida joylashgan mehmonxonalar xizmati uchun tanlov asosida fuqarolar ishga taklif etilmoqda.

Xususan, taklif etilayotgan ish o‘rinlari orasida - xona tozalovchi, idish-tovoq yuvuvchi, mehmonxona hududini tozalovchi, animatorlar, qabul bo‘limi xizmatchisi, servis va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatchi, mehmonlar bilan ishlash bo‘limi xizmatchisi, oshxona ishchilari (ofitsiant, oshpaz, oshpaz yordamchisi) bor.

Ish vaqti davomiyligi - 9:00 dan 18:00 gacha (qo‘shimcha ishlagan vaqt mehnat shartnomasiga asosan tartibga solinadi).

Ish kunlari - dushanbadan – jumagacha (dam olish va bayram kunlaridagi ish mehnat shartnomasiga asosan tartibga solinadi), ish haqi miqdori - 1604 yangi turk lirasi (430 AQSh dollari).

Nomzodga qo‘yiladigan talablar quyidagilar:

Jinsi - ayol/erkak;
Yoshi - 18 yoshdan 45 yoshgacha;
Oilaviy holati - yolg‘iz yoki oilali;
Ma'lumoti - oliy, o‘rta-maxsus yoki o‘rta (turizm, servis va xizmat ko‘rsatish sohasida ma'lumotga ega bo‘lish maqsadga muvofiq, diplom nusxasi taqdim etiladi);
Til bilishi - rus tilida erkin gaplashish lozim, ingliz, nemis, turk tillarini bilish maqsadga muvofiq;
Fuqaroning shaxsiy tavsifnomasi - ish beruvchi talabiga ko‘ra kirishimli, mas'uliyatli, mehnatsevar, og‘ir-vazmin bo‘lishi lozim;

Ijtimoiy kafolatlar:

yo‘l xarajatlari to‘lovi (O‘zbekiston Respublikasidan ish joyigacha) - ish beruvchi hisobidan;
yashash joyi uchun to‘lov - ish beruvchi hisobidan;
ishga amaliy ko‘nikma to‘lov - ish beruvchi hisobidan;
ovqatlanish to‘lovi - ish beruvchi hisobidan;
yo‘l xarajatlari to‘lovi (yotoqxonadan ish joyigacha) - ish beruvchi hisobidan.

Yuqorida keltirilgan talablarga mos keladigan fuqarolar tanlovda ishtirok etish uchun 2018 yilning 14-17 mart kunlari pasport yoki pasportning sifatli rangli nusxasi, 10*15 sm (bo‘y barobar 2 dona), 5*6 sm (yuz qismi tushirilgan 
2 dona) sur'at bilan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga kelishi lozim.

Mazkur ish o‘rinlari to‘g‘risida o‘zingizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning hududlardagi filiallariga bevosita murojaat etgan holda, yoki Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan batafsil ma'lumot olish mumkin.

Mavzuga oid