Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston tibbiyoti tarixida ilk bor masofadan turib robotlashtirilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati tomonidan tibbiyot sohasidagi ilg‘or tajriba, innovatsion yondashuv va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etayotgan mutaxassislar haqida «Tibbiyot novatorlari» degan yangi medialoyihada aytiladi.
Bu Xitoyning Uhan shahrida «Robotlashtirilgan jarrohlik haftaligi – 2026» xalqaro konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, yosh jarroh Abdurashid Abdukarimov O‘zbekistonda davolanayotgan 3 nafar bemorga masofadan turib jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi.
Ushbu noyob operatsiya 5 ming kilometr masofadan turib amalga oshirildi.

Robotlashtirilgan jarrohlik shifokorga muolajalarni yuqori aniqlikda bajarish, bemor uchun jarohatlarni kamaytirish va tezroq tiklanishni ta’minlash imkonini beradi.
«Masofaviy robotlashtirilgan jarrohlik nafaqat tibbiyotning ilmiy yutug‘i, balki bemorlar uchun katta imkoniyatdir. Bunday operatsiyalar sanoqli mamlakatlarda o‘tkaziladi», – deya qayd etadi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Mavzuga oid
09:39 / 03.06.2026
O‘zbekistonda 4 ming yillik jarrohlik amaliyoti izlari topildi
15:20 / 29.12.2025
Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foiz qismi qoplab beriladi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
22:57 / 23.12.2025