Turkiyaning arxeologiya sohasidagi nufuzli naşrlaridan biri bölgan Arkeofili jurnali Özbekistonda amalga oşirilgan noyob arxeologik kaşfiyot haqida maqola e’lon qildi.
Unda qayd etilişiça, Surxondaryo viloyatida, Afğoniston bilan çegaradoş hududda joylaşgan Jarqöton arxeologik yodgorligida taxminan 4 ming yillik tarixga ega bölgan bola boş suyagi topilgan. Unda qadimiy jarrohlik amaliyoti — trepanatsiya izlari saqlanib qolgan.
Topilma özbek va italiyalik olimlardan iborat xalqaro tadqiqotçilar guruhi tomonidan aniqlangan. Mutaxassislar ma’lumotiga köra, boş suyagi miloddan avvalgi III ming yillik oxiriga mansub bölib, Baqtriya–Marğiyona arxeologik majmuasi, ya’ni Oks sivilizatsiyasi davriga tegişli.
Olimlar trepanatsiya izlari taxminan beş yoşida vafot etgan bolaga tegişli boş suyagida aniqlanganini ma’lum qildi.
Qazişma işlariga rahbarlik qilgan Italiyaning Salento universiteti arxeologi Enriko Askalone bu kaşfiyot Markaziy Osiyoda 4 ming yil muqaddam tibbiy bilim va könikmalar yuqori darajada bölganini körsatişini ta’kidladi.
Tadqiqotçilarning fikriça, mazkur topilma qadimgi jamiyatlarda tibbiyot qanday rivojlangani, bunday murakkab amaliyotlar kimlar tomonidan va qanday sabablar bilan ötkazilgani haqida yangi ilmiy savollarni örtaga qöymoqda. Bu savollarga javob izlaş böyiça tadqiqotlar davom ettiriladi.












