Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida erkin savdo rejimi amal qila boshladi
Ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasida erkin savdo rejimi bo‘yicha erishilgan kelishuv 2025 yil 25 fevraldan boshlab kuchga kirdi. Bu bilan, ayrim turdagi mahsulotlardan tashqari ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojlari bekor qilinib, savdo tartibotlari soddalashtirildi.
Foto: Kun.uz
2025 yil 25 fevraldan e’tiboran O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida erkin savdo rejimi joriy etildi. Bu haqda 7 mart kuni O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 16 iyul kuni imzolangan “O‘zbekiston va Turkmaniston Hukumatlari o‘rtasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida Bitimga erkin savdo rejimidan istisnolar to‘g‘risida”gi bayonnoma kuchga kirishi uchun zarur tartibotlarning ikki taraflama bajarilishi yakunlangan.
Ushbu bayonnoma O‘zbekiston prezidentining 2025 yil 27 yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan.
Ma’lumot uchun, 2024 yilda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 1,14 mlrd dollarni tashkil etib, avvalgi yilga nisbatan 5,5 foizga oshgan.
“Erkin savdo rejimining joriy etilishi natijasida, ayrim turdagi mahsulotlardan tashqari ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojlari bekor qilinib, o‘zaro tovarlar savdosidagi mavjud cheklovlar bartaraf etildi va savdo tartibotlari soddalashtirildi.
Masalan, Turkmanistonga olib kirilayotgan mahalliy sement mahsulotlari (bojxona to‘lovi 100 foiz), to‘qimachilik matolari (50 foiz), mebel (50 foiz), shisha idishlar (50 foiz), suv isitish qozonlari (15 foiz), plastik va polipropilen mahsulotlar (10 foiz), kolbasa va go‘sht mahsulotlari (1 kg uchun 2 dollar), paxta yog‘i (1 kg uchun 1 dollar) uchun bojxona to‘lovlari bekor qilindi”, – deyiladi ISSV axborotida.
Ma’lumot uchun, Turkmaniston MDH doirasida erkin savdo zonasining a’zosi hisoblanmaydi.
Mavzuga oid
15:14 / 30.01.2026
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
22:10 / 27.01.2026
«Erkalatib yubordik» – rossiyalik propagandachi Markaziy Osiyo davlatlari «o‘z o‘rnini bilishi» kerakligini aytdi
14:26 / 25.01.2026
Markaziy Osiyo va Rossiya energetika bo‘yicha ishchi guruh tuzmoqda
22:40 / 23.01.2026