Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada o‘zbekistonlik yigit YTH oqibatida vafot etdi
YTH sodir etgan Turkiya fuqarosi hodisa joyidan yashiringan, biroq ertasi kuni pushaymonlik bildirib, politsiyaga taslim bo‘lgan.
Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi
Turkiyada O‘zbekistonning 17 yoshli fuqarosi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Samirjon Sattorov 2025 yil 5 aprel kuni Istanbul shahrida YTH oqibatida og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Tibbiy muolajalarga qaramay, 15 aprel kuni hayotdan ko‘z yumgan. Marhum 17 aprel kuni Samarqand viloyatida dafn etilgan.
Ta’kidlanishicha, marhumning oila a’zolari hodisa yuz berganidan keyin Bosh konsulxonaga murojaat qilmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, YTH sodir etgan Turkiya fuqarosi hodisa joyidan yashiringan, biroq ertasi kuni pushaymonlik bildirib, politsiyaga taslim bo‘lgan. Tekshiruv davomida uning qonida giyohvandlik moddasi aniqlangan. Ayni vaqtda u ozodlikda bo‘lib, sud majlisi 2025 yil 2 oktyabr kuniga belgilangan.
Mavzuga oid
13:45
Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Toshkent hissasiga to‘g‘ri keldi
08:45
Turkiyada Liviya armiyasi bosh shtabi boshlig‘i aviahalokat qurboniga aylandi
13:00 / 23.12.2025
O‘zbekiston va Turkiya meva-sabzavot savdosidagi cheklovlarni yumshatishni muhokama qildi
15:38 / 22.12.2025