Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Obama va uning rafiqasi bilan so‘rashib, Klintonlar oilasiga e'tibor ham bermadi
Foto: Kevin Lamarque/Reuters
Vashingtondagi kafedral soborda katta Jorj Bush bilan vidolashish marosimi vaqtida Donald Tramp Barak Obama va uning rafiqasining qo‘lini siqdi, biroq Klintonlar oilasiga e'tibor ham bermadi. Bu haqda The Guardian xabar qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1 dekabr kuni AQShning 41-prezidenti katta Jorj Bush 95 yoshida vafot etdi.
Jorj Gerbert Uoker Bush 1924 yilning 12 iyun kuni Massachusets shtatining Milton shahrida tug‘ilgan, AQShning 41-prezidenti (1989—1993 yillarda), Ronald Reygan davrida AQShning 43-vitse-prezidenti (1981—1989 yillarda), kongressmen, diplomat, Markaziy razvedka direktori.
Katta Jorj Bush 2017 yil 24 noyabridan AQShning tarixdagi eng ko‘p umr ko‘rgan prezidenti bo‘lib kelayotgandi.
Keyinchalik Shavkat Mirziyoyev katta Jorj Bush vafot etgani munosabati bilan Donald Trampga hamdardlik izhor qildi.
Mavzuga oid
21:44 / 26.12.2025
«Rossiya Ukraina, Qozog‘iston va Kavkazni berib yuborgan». AQSh Putin va Bushning muzokaralari rasshifrovkasini maxfiylikdan chiqardi
22:06 / 02.12.2024
Tramp va qudalar: yahudiy quda elchi, livanlik quda maslahatchi bo‘ladi
21:09 / 29.01.2024
Rossiya NATOga qo‘shilishi ko‘zda tutilgandi. Klintonning Moskvaga tashrifi haqida hujjatlar e’lon qilindi
20:35 / 05.05.2023