O‘zbekiston | 23:38 / 11.09.2024
5322
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya tuziladi

Bosh vazir o‘rinbosari ushbu komissiyaga rahbarlik qiladi, Ijtimoiy himoya agentligi direktori esa unga o‘rinbosar bo‘ladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya tuzilishi belgilandi.

Qayd etilishicha, Ijtiimoiy himoya agentligi direktori ushbu komissiya rahbariga o‘rinbosar bo‘ladi. Viloyat va tuman komissiyalariga hokimlar boshchilik qiladi.

Komissiya har bir viloyatda bittadan tumandagi ishlarni haftalik muhokama qilib, biriktirilgan rahbarlar faoliyatiga baho beradi. Joylarda ko‘tarilgan masalalarni zudlik bilan hal qilib boradi. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha rejalar ijrosi yuzasidan har oyda Prezidentga axborot kiritadi.

Shuningdek, 9 ta iqtisodiy tadqiqot markazlari va oliygohlari ham ilmiy yondashuvlar asosida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanishi belgilandi.

Yig‘ilish davomida mutasaddilarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobotlari va rejalari tinglandi.

Mavzuga oid