Unga köra, e’lon qilingan natijalar katta taassurot qoldirgan. Qança odam kambağallikdan qutulganligi, yangi iqtisodiy va ijtimoiy kömak körsatilayotgani, munosib hayot keçiriş uçun yaratilayotgan şaroitlar haqidagi ma’lumotlar ham juda muhim.
"Bu jarayonda Şveytsariya ham faol iştirok etmoqda. Biz jinoiy manbalardan olingan mablağlarni Özbekistonga qaytaryapmiz va bu mablağlar kambağallikni qisqartirişga bevosita hissa qöşadigan ijtimoiy loyihalarni amalga oşirişga sarflanmoqda. Masalan, bugun Özbekistonda 45 dan ortiq maktabni modernizatsiya qiliş loyihasi böyiça hujjat imzolanadi. Bu sanitariya-gigiyena şaroitlari – hojatxonalar, yuviniş xonalarini yaxşilaş, binolarning energiya samaradorligini oşiriş bilan boğliq. Bularning barçasi xalq manfaati, mamlakat kelajagi uçun qilinmoqda", dedi elçi.
Mablağlarni Özbekiston xalqiga qaytariş va jamiyat manfaati yölida foydalaniş haqidagi qaror Şveytsariya va Özbekiston hukumatlarining birgalikdagi irodasi natijasidir.
"Mamlakatda kambağallik darajasini pasaytiriş böyiça erişilgan natijalar ajoyib va bu nafaqat men, balki barça forum iştirokçilarini quvontirdi. Biz Özbekistonda har bir inson öz salohiyatini – iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlarini röyobga çiqariş va munosib hayot keçiriş imkoniyatiga ega bölişi tarafdorimiz", deydi Konstantin Obolenskiy.













